TAXIATOSH IES YILLIK ISHLAB CHIQARISH REJASINI 113 FOIZGA BAJARDI

TAXIATOSH IES YILLIK ISHLAB CHIQARISH REJASINI 113 FOIZGA BAJARDI

Elektr stansiyaning 2022 yil yanvar-dekabr oylari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi 4,4 mlrd. kVt.soat bo‘lib, u amalda 4,987 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 113 foizga bajarildi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati iste’molchilarini  elektr energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona hisoblangan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida bugungi kunda ikkita energoblok ikkita bug‘-gaz qurilmalari sutkasiga 15,0 mln.kVt.soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

2022-yilda reja bo‘yicha 4,4 mlrd. kVt.soat  elektr energiyasi ishlab chiqarish belgilangan bo‘lsada, amalda 4,987mlrd. kVt.soat elektr energiyasini 113 % o‘sish bilani ishlab chiqardi.

2022-yil 12 oyida stansiyada 1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun rejadagi 300,0 gramm/kVt.soat o‘rniga, 286,82 gramm/kVt.soat shartli yoqilg‘i sarflandi. Buning natijasida 32,0 mln.kubometr gaz yoqilg‘isi tejalib 32,0 mlrd.so‘m iqtisod qilindi.

Korxonada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida asosiy va yordamchi uskunalarning barqaror ishlashi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ishlar belgilangan jadvalga asosan olib borildi.

2022-yilda asosiy uskunalarning ta’mirlash jadvaliga asosan 2-sonli bug‘-gaz qurilmasida inspeksiya ishlari va 7-energoblokda kengaytirilgan joriy ta’mir ishlari, 1-sonli bug‘-gaz qurilmalarida joriy ta’mir ishlari olib borildi.

 

Taxiatosh IES Matbuot xizmati