Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

'Issiqlik elektr stansiyalari' aksiyadorlik jamiyati

O‘zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining salmoqli hissasi mamlakatimizga tegishlidir.

Elektr energetika tarmog‘ining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlamasdan turib, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.

image 29.jpg

Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog‘ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati ta’sis etildi.

image.jpg

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishini ta’minlaydi.

Jamiyat tarkibida

4
Issiqlik elektr stansiyalari
3
Issiqlik elektr markazlari
3
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2022-yilda 55,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 5,3 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi. Jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 2023 yilda 54,2 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 12,03 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

2024 yilda 29,064 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 4,44 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida korxona tomonidan 16,98 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi, 2,6 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

image-1.jpg

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi barcha korxonalarni tizimli ravishda zamonaviy energotejamkor uskunalar va qurilmalar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ishlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi bilan muntazam ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib hisoblanadi.

Taxiatosh IES AJ Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan ulkan energiya manbai.

UZB map
8,5 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir birinchi turboagregat ishga tushirildi 1961-yil
24 mVt quvvatga ega ikkinchi bosqich turboagregati ishga tushirildi 1964-yil
200 mVt quvvatga ega uchinchi bosqich turboagregat ishga tushirildi 1969-yil
110 mVt quvvatga ega to‘rtinchi bosqich turboagregat ishga tushirildi 1974-yil
210 Mvt quvvatga ega oltinchi bosqichi energoblok ishga tushirildi 1990-yil
“Taxiatosh IES”da har birining quvvati 280 mVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi 2021-yil