Axborot so‘rash tartibi
So‘rov shakli:
"TaxiatoshIES" AJ faoliyatiga oid ma'lumot, sharh yoki rahbariyat bilan intervyu, shuningdek Aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi boshqa ma'lumotlarni so‘rash uchun tahririyat blankida rahbar (bosh muharrir, bo‘lim muharriri) tomonidan imzolangan xat tayyorlanishi so‘raladi.
Stansiya rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan interv'yu olish to‘g‘risidagi so‘rovlar matbuot Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchisi nomiga yo‘llanadi.
So‘rov mazmuni:
Xatda quyidagilar aks etishi lozim: so‘rov mazmuni, savollarning to‘liq ro‘yxati, muddati, tahririyatning aloqa ma'lumotlari va muxbirning koordinatlari.
So‘rovlar elektron pochta yoki pochta manzili orqali qabul qilinadi.
So‘rovlarga javoblar O‘zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq taqdim etiladi.