Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Atrof-muhitni muhofaza qilish

Respublikada mavjud ekologik muammolaridan biri, bu, sanoat korxonalari va zavodlar tomonidan atrof-muhitning ifloslanishi hisoblanadi. 2019 yilda Oʼzbekistonda 2030 yilgacha boʼlgan davrda Аtrof-muhitni muhofaza qilish hamda Ekologik taʼlimni rivojlantirish kontseptsiyalari qabul qilindi. Shuningdek, oʼsha yili 2019–2028 yillar davrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish va 2019–2030 yillar davrida Oʼzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʼtish strategiyalari ham tasdiqlandi.

“Taxiatosh IES” АJda atrof-muhitni muhofaza qilish boʼyicha tashkiliy texnik tadbirlar tashkil qilindi. Erta baxordan manzarali daraxtlar (archa) ekilib, mavjud daraxtlarga manzaraviy koʼrinish berildi. Stantsiya xududida koʼkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Har bir xududga gullar ekilib, gullar parvarishi xududiy boʼlinmalarga boʼlinib, alohida shaxslar zimmasiga yuklatildi.

Stantsiyada ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlar uchun maxsus ajratilgan yacheykalar qayta taʼmirlanib ishga topshirildi. Mavjud pьezometrik skvajinalardan xar chorak suv olinib, kimyoviy tahlil qilinadi. Shuningdek, kirish va chiqish kanallari oqava suvlari tasdiqlangan jadval boʼyicha kimyoviy tahlil qilinib, muntazam ravishda meʼyoriy hujjat asosida nazorat qilinib boriladi.

Haftaning har chorshanba kuni stantsiyada “Tozalik kuni” deb eʼlon qilingan. Tozalik ishlari muntazam ravishda olib boriladi. Qattiq va maishiy chiqindilar stantsiya xududidan maxsus tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida oʼz vaqtida olib chiqiladi. Ishlatilgan texnik moylar, lyuminestsent lampalar atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun utilizatsiya qilinadi.

“Taxiatosh IES” АJda atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindi gazlari 2021 yilda qurilgan 2 ta bugʼ-gaz turbinasi tufayli sezilarli darajada kamaydi. Bunda 1-chi bugʼ-gaz turbinadan chiqqan chiquvchi gaz hisobiga 2-chi bugʼ-gaz turbina ishlaydi, yaʼni 1-chi bugʼ-gaz turbinadan chiqqan chiquvchi gaz qayta ishlanadi va zararli holati ancha kamayadi.

Аtrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindi gazlarni aholi yashash punktlariga zararli taʼsirini nazorat qilish maqsadida ikkita kuzatish statsionar posti oʼrnatildi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi atrof muxitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi tomonidan chiqarilayotgan zararli chiqindi gazlar va oqava suvlar muntazam ravishda nazorat qilinib, monitoring ishlari olib boriladi.