Matbuot xizmati vazifalari
“Taxiatosh IES” АJ faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish.
- “Taxiatosh IES” АJ ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda “IES” АJ matbuot kotib bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;
- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
- muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida “Taxiatosh IES” АJ rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida “Taxiatosh IES” АJ faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;
- mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- “Taxiatosh IES” АJ faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida “Taxiatosh IES” АJ rahbariyatiga axborot berib borish;
- “Taxiatosh IES” АJ vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
- “Taxiatosh IES” АJ faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.