Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Rivojlanish strategiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi, 28.09.2023 yildagi 166-son farmonida 2023 — 2030 yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi belgilab berildi,

Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investisiyaviy jozibadorlikni, aholining ishchanlik faolligini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini kengaytirish hamda ijtimoiy soha va aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.


Energetika sohasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, sohaga xorijiy va xususiy investisiyalar kelishini koʻpaytirish, narx shakllanishining erkin va shaffof mexanizmlarini joriy qilishga asoslangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini tashkil etish maqsadida koʻplab huquqiy hujjatlar qabul qilindi.


Farmonda elektr energiyasi ta'minotining uzluksizligi, barqarorligini ta'minlash va iste'molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, elektr energetika tarmogʻining investisiyaviy jozibadorligini oshirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishga shart-sharoit yaratish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyatidan keng foydalanish evaziga «yashil energiya» ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish masalalari birlamchi vazifalar sifatida koʻrsatilgan.

photo_2026-04-21_11-45-09.jpg

"Taxiatosh IES" AJ da ham keyingi paytlarda investisiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari salohiyatini kengaytirish borasida yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, korxona mamlakatimizdagi barpo qilingan ilk issiqlik elektr stansiyalaridan biridir. Ayni kunda 2 ta an'anaviy energoblok va ikkita zamonaviy 280 MVtli bugʻ-gaz qurilmasi faoliyat yuritmoqda. Stansiya tomonidan sutkasiga oʻrtacha 10 mln. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga asosan, “Taxiatosh IES” AJ da umumiy quvvati 2200 kVt bo'lgan fotoelektr stansiyasi ishga tushurilgan.

photo_2026-04-28_17-38-07.jpg

UZB map
8,5 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir birinchi turboagregat ishga tushirildi 1961-yil
24 mVt quvvatga ega ikkinchi bosqich turboagregati ishga tushirildi 1964-yil
200 mVt quvvatga ega uchinchi bosqich turboagregat ishga tushirildi 1969-yil
110 mVt quvvatga ega to‘rtinchi bosqich turboagregat ishga tushirildi 1974-yil
210 Mvt quvvatga ega oltinchi bosqichi energoblok ishga tushirildi 1990-yil
“Taxiatosh IES”AJ a har birining quvvati 280 mVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. 2021-yil