"Taxiatosh IES"AJ
O‘zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining salmoqli hissasi mamlakatimizga tegishlidir.
Elektr energetika tarmog‘ining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlamasdan turib, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.

Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog‘ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati ta’sis etildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishini ta’minlaydi.
“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda 4,3 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 30,2 ming. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.
2026 yilda korxona tomonidan 3,3 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 27,1 ming. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida korxona tomonidan 882,8 mln. kVt.soat elektr energiyasi, 12,1 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi barcha korxonalarni tizimli ravishda zamonaviy energotejamkor uskunalar va qurilmalar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ishlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi bilan muntazam ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib hisoblanadi.